TuyBox — To'y, banket va tantanalar uchun barcha xizmatchilarni (san'atkorlar, to'yxonalar, foto-video, dekoratsiya, kortej) bitta yagona platformaga jamlovchi, byudjetni aniq hisoblovchi va tadbirlarni boshidan oxirigacha mukammal o'tkazib beruvchi raqamli ekotizim.
Bugungi kunda oila yoki tashkilot tantanali tadbir o'tkazmoqchi bo'lsa, qanday qiyinchiliklarga duch keladi?
To'yxona alohida, san'atkor alohida, foto/video, kortej va dekor alohida. Odamlar 10 xil joydan qidirib, har biri bilan alohida kelishishga oylab vaqt yo'qotadi.
Tadbir qiluvchi oila 100 mln so'm mo'ljallaydi, ammo tarqoq xizmatlar sabab xarajatlar 150-180 mln ga chiqib ketadi. Byudjetni 1 joyda oldindan hisoblab bo'lmaydi.
Instagramda "Directga yozing", har kimga har xil narx aytiladi. Ochiq narxlar yo'qligi sababli mijozlar aldanadi yoki qimmat vositachilarga tushadi.
Kelishuvlar og'zaki bo'ladi. To'yxonalarda bir kunga 2 ta tadbir yozilib ketishi (double-booking) yoki san'atkorlarning to'y kuni kechikishi kabi xatarlar ko'p.
TuyBox to'y va tadbir xarajatlarini 20-30% tejaydi, sarsonlikni yo'qotadi va barcha jarayonlarni bitta joyda boshqaradi.
San'atkorlar (xonandalar, sozandalar), to'yxonalar, boshlovchilar, foto/video studiyalar, dekoratorlar, kortej — barchasi bitta platformada shaffof narxlari bilan.
Mijoz o'z byudjetini kiritadi (masalan, $7,000 yoki 100 mln so'm) — TuyBox avtomatik ravishda to'yxona, san'atkor, bezak va boshqa xizmatlarga eng mos kombinatsiyalarni hisoblab beradi.
To'ylar va banketlarni boshidan oxirigacha rejalashtirish cheklisti, sanalarni kafolatli band qilish va xizmatlarning o'z vaqtida, sifatli o'tishini nazorat qilish.
To'y — har bir oilaning eng katta va eng mas'uliyatli xarajati. Aynan to'y orqali xalqning eng kuchli ishonchini qozonamiz.
To'y qilgan mijoz ertaga yubiley, fotiha, tug'ilgan kun, korporativ banket yoki boshqa tantanasini ham faqat TuyBox orqali o'tkazadi.
| Ko'rsatkich | Hajmi |
|---|---|
| Aholi soni / Smartfon foydalanuvchilari | 37+ Million / 84%+ |
| Yillik nikoh to'ylari soni | 300,000 – 350,000 ta |
| Yillik banket, fotiha, yubiley marosimlari | 500,000+ dan ortiq |
| Jami yillik tantanali tadbirlar soni | 850,000+ ta tadbir |
| O'rtacha bitta tadbir byudjeti | $4,000 – $10,000 |
| Umumiy bozor hajmi (TAM) | $3.5+ Milliard |
TuyBox nafaqat buyurtmachilardan, balki xizmatchi hamkorlardan ham muntazam B2B daromad oladi.
San'atkorlar, to'yxonalar va ijodkorlar katalogda TOP-o'rin va ko'proq buyurtma olish uchun oylik 300,000 – 1,000,000 so'm obuna to'laydi.
Platforma orqali amalga oshirilgan to'liq tasdiqlangan tadbir buyurtmalari va xizmatchilar to'lovidan xizmat haqi.
"Boshidan-oxirigacha tayyor to'y/banket" (Turnkey packages): xizmatchilarni kompleks birlashtirib o'tkazib berishdan marja.
To'yxona va banket zallarini 3D modelga aylantirib berish bo'yicha yuqori marjali bir martalik B2B xizmat (so'm).
To'yxonalar va artistlar bazasi, mobil ilova (APK) va veb-platforma.
50 to'yxona, 150 san'atkor va ijodkorlar bilan hamkorlik.
Xarajatlarni avtomat hisoblovchi kalkulyatorni to'liq ishga tushirish.
To'ylardan tashqari barcha marosimlarga buyurtma qabul qilish.
VIP obuna, 50 ta pullik hamkor, $5,000+ MRR.
Samarqand va Vodiyga kirish, 15,000+ oylik faol foydalanuvchi.